Image of header

Tartib sohibi

Tartib sohibi ilovasi yordamida qazo bo’lgan namozlaringizni tartibli ravishda ado eting!
Ilovani bepul o’rnating

Maqsadimiz

Yangilik va qulayliklar yaratish orqali dunyo va oxiratingiz uchun manfaat keltirish. Amaliy hayotga va zamonaviylikka islomiy e`tibor qaratish. Sizlarning qiyinchiliklaringizni yengillatishga harakat qilish.

Kunlik namozlar-Belgilash orqali namozlarni esda saqlab qolish
Kunlik namozlar
Belgilash orqali namozlarni esda saqlab qolish
Kalendar orqali qazo namozlari vaqtlari bo’yicha istalgan kunga o’tish
Kalendar
Kalendar orqali qazo namozlari vaqtlari bo’yicha istalgan kunga o’tish
O’qilgan va o’qilmagan qazo namozlaringizni to’liq jadvalini kuzatish
Qulay jadval
O’qilgan va o’qilmagan qazo namozlaringizni to’liq jadvalini kuzatish
O`zingiz yoqgan rangdagi mavzudan foydalaning
Mavzular
O`zingiz yoqgan rangdagi mavzudan foydalaning
Ma’lumotlardan o`chib ketishini oldini olish maqsadida bulutga yuklab qo’yish
Ma’lumotlarni yuklash
Ma’lumotlardan o`chib ketishini oldini olish maqsadida bulutga yuklab qo’yish
Siz ilovani 4 xil tildan o’zingizga qulayini tanlab ishlatishingiz mumkin
Tillar
Siz ilovani 4 xil tildan o’zingizga qulayini tanlab ishlatishingiz mumkin

Dasturdan foydalanish

Dasturdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi. Bu holda siz quyidagi maydonlarni to‘ldirishingiz lozim bo‘ladi:
  • Foydalanuvchi nomi va parol: Istalgan vaqtda istalgan qurilmadan tizimga kirish va saqlab qo‘ygan ma`lumotlaringizni yuklab olish uchun.
  • Elektron pochta manzili. Parolni unutganingizda uni qayta tiklash uchun.
  • Jinsingiz: Agar sizga namoz qachon farz bo‘lganligini bilmasangiz tizim buni jinsingizga qarab avtomatik hisoblaydi.
  • Tug‘ilgan sanangiz: Agar sizga namoz qachon farz bo‘lganligini bilmasangiz tizim buni avtomatik hisoblashi uchun.
  • Namoz o‘qib boshlangan vaqt: Oxirgi chegarani bilish uchun
  • Namoz farz bo‘lgan vaqt: Agar siz bu vaqtni bilsangiz uni kiritishingiz lozim bo‘ladi. Bilmasangiz iltimos tegmang. Bu holda bu vaqt tizim tomonidan erkaklar uchun 12 yosh va ayollar uchun 9 yosh etib belgilanadi.

Dastur haqida

Tartib sohibi - bir necha yil yoki umr mobaynida o‘qilmay qolgan namozlarni tartibli o‘qib borish uchun mo‘ljallangan raqamli kundalikdir! Dastur qoldirib yuborilgan (qazo) namozlarni tartibli o‘qib borishga mo‘ljallangan. Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi o‘z qazo namozlarini hisoblab olishi, o‘qib bo‘linganlarini belgilab borishi va ma`lumotlarini keyin adashmasligi uchun saqlab borishi kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.